Shoir bilan vidolashgan kun
2016- yilning 5-noyabri o'zbek xalqi, o'zbek adabiyoti va dunyo she'riyati uchun eng katta yo'qotish bo'lgan kundir. O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi muallifi, O'zbekiston Qahramoni, buyuk shoir Abdulla Oripov shu kuni olamdan o'tgandi. Shu kundan buyon 5-noyabr shoirni xotirlash kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan TIQXMMI-MTU QXM fakulteti talabalari bilan "Adiblar xiyoboni"ga tashrif buyurdik. Abdulla Oripov haykali poyiga yig'ilgan talabalarimiz shoir ijodidan va shoir xotirasiga bag'ishlab yozilgan she'rlardan namunalar o'qishdi.
Uning hayoti va ijodiga nazar tashladilar. Tadbirda fakultetimizda tahsil olayotgan "Abdulla Oripov" stipendianti Uraimova Xonzodabegim ham o'z ijod namunalari bilan qatnashdi. Bu uchrashuv fakultetdagi ijodkor yoshlarning tanishib fikr almashishlariga turtki bo'ldi.Buyuk shoirning haykali poyiga bo'lgan bu ziyorat barchaga ko'tarinki ruh berdi. Biz shunday buyuk adib bilan zamondosh bo'lganimizdan faxrlandik.
QXM fakulteti tyutori O.Abdullayeva axboroti
Universitet axborot xizmati