TIQXMMI yangiliklari

img
11.11.2023

"TIQXMM" Milliy tadqiqotlar universitetida "Mock IELTS (paper-based)"imtixonining tashkil qilinishi

Joriy yilning  4-noyabr  sanasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Iqtisodiyot” fakulteti 2-qavat, 226-xonada universitetimizning bakalavr va magistr  talabalari ishtirokida Mock IELTS (paper-based)"  imtihonni tashkil qilindi. Ushbu xalqaro imtihon bepul tashkil qilinib, undan ko‘zlangan maqsad imtihon topshiruvchilarning xorijiy til darajalarini aniqlash, nomzodlarning egallagan ko‘nikmalar bo‘yicha kuchli va kuchsiz tomonlariga e’tibor qaratishdan iborat bo‘lib, imtihonda 20 nafar nomzodlar qatnashishdi.

Xalqaro imtihonni  ‘‘Ingliz tili’’ kafedrasi dotsent  v.b. Go‘zal Eshchanova “TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti va Britaniya Kengashi hamkorligida tashkil qilingan ‘‘Kasbiy Rijojlantirish Markazi’’ning fakultet filiali B-korpusda tashkillashtirdi. Barcha nomzodlarga omad tilab, o‘z nutqida  hozirgi kunda xorijiy til ko‘nikmalarini rivojlantirish   istiqbolli kelajakni yanada mustahkamlashini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir boshida Go‘zal Eshchanova universitetning yaqin hamkori bo‘lmish Vengiyaning Obuda Universitetida ‘Hungarian Scholarship” (Vengriya Stipendiyasi) xalqaro tanlovi orqali bakalavriatida va magistraturaning turli ta’lim yo‘nalishlarida grant asosida 1 o‘quv yiliga yoki butun kurs davomida taxsil olish imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi va tanlov ishtirokchilarilaridan minimum B2 (IELTS 6) sertifikatiga ega bo‘lish talab etilishini tushuntirib ot’di.   

Mock IELTS imtixonida bakalavr va magist talabalardan Atabayev Javohir, Sayfullayev Nazarbek, Sayfullayev Ilhomjon, Toshboltoyev Quvonchbek, Abdumonnobov Biloliddin, Miranov Azizxon, Axshetov Doniyor, Abdullayev Mohinabonu, Yunosova Maftunabonu, Juraboyeva Shaxzoda,Inomjonov Muhammadqodir,Qulmuhammedova Dilxumor, Parmonova Sevinch, Xayitova Iroda va boshqalar qatnashishdi. Ma’lumki, bu kabi xalqaro imtihon komponentlari ta’lim sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan bo‘lib, undagi yondashuvlar mazmuni tajribaga mos kelib, bu imtihon topshiruvchi nomzodga eng yaxshi natijalarni qo‘lga kiritish va test davomida xorijiy til ko‘nikmalarga e’tibor qaratish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, IELTS - Xalqaro ingliz tili test tizimi - bu dunyodagi eng mashhur ingliz tili testi. Ushbu tilni baholash bo‘yicha dunyoning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va sizning ingliz tilidagi barcha ko‘nikmalaringizni - o‘qish, yozish, tinglash va gapirishni baholaydi. IELTS imtihoni dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlarida 11000 dan ortiq tashkilot tomonidan qabul qilinadi. Ushbu tashkilotlarga hukumatlar, ilmiy muassasalar va ish beruvchilar kiradi. Bu imtihon turi Britaniya Kengashi mahsuloti bo‘lib, offlayn rejimda tashkil qilinib,  til ko‘nikmalarini egallashga qaratilgan bo‘yicha test bo‘lib, u CEFR (Common European Framework of Reference) ga muvofiq nomzodning haqiqiy ingliz tilini bilish darajasi haqida ishonchli ma’lumot taqdim eta oladi.

"TIQXMMI" Milliy Tadqiqotlar Universiteti matbuot xizmati