TIQXMMI yangiliklari

img
05.11.2023

Islom moliyasi asoslari fanidan navbatdagi o'quv mashg'uloti ochiq dars

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot va Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish ta'lim yo'nalishlari uchun 2023-2024-o'quv yilida o'quv rejaga Islom moliyasi asoslari fani ham kiritilgan. Iqtisodiyot kafedrasida ushbu fandan ma'ruza va amaliy mashg'ulotlari iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Mirzayev Sh tomonidan olib borilmoqda. Kuni kecha Iqtisodiyot fakultetida Islom moliyasi asoslari fanidan navbatdagi o'quv mashg'uloti ochiq dars sifatida belgilandi hamda soha mutaxassislari taklif etildi. Darsda mehmon sifatida Komilov Abdumajit,Uzaro muqobil moliya muassasi raxbari, Akromjonov Nurmuxammad-Assoodiq kompaniyasi mutaxassisi ishtirok etishdi hamda fan bo'yicha o'zlarining taqdimotlarini talabalarga namoyish etishdi. Talabalarga Islomiy moliya asoslari boyicha jahon miqyosida to'plangan va bir tizimga keltirilgan iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, Islomiy moliya asoslarining asosiy tushunchalari, kategoriyalari, qonunlarini, tamoyillarini, ularning amal qilish xususiyatlari va mexanizmlarini hamda ularni amalda tatbiq etish ko'nikmasini hosil qilish va talabalarga Islomiy moliya asoslarini modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon talabiga mos rivojlangan bozor Islomiy moliya asoslarini shakllantirishning dolzarb muammolarini ochib berishga bag'ishlagan ushbu dars savol-javoblarga boy bo'ldi. Darsda kafedra mudiri B. Shafkarov va kafedra professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi. Talabalar fan bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.