Hushyorlik va ogohlik – davr talabi!
"Ekologiya va huquq" fakulteti talabalariga “Ogohlik davr talabi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqororligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi A.Abdusamatov va Universitet profilaktika inspektori A.Ubaydullayevlar ishtirok etib quyidagi fiklarni bildirishdi. Mamlakatimizda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom ruhida kamol toptirish, ularni ma’naviyatimizga yot zararli g‘oyalar ta’siridan himoyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi ommaviy kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanib, internet tarmoqlaridagi xizmatlardan foydalanuvchilar orasida yoshlarning tobora ortib borishi, bu borada har birimizni yanada hushyorroq va ogoh bo‘lishimizni talab etmoqda. Xar bir narsani ijobiy va salbiy tomoni bo‘lganidek, ijtimoiy tarmoqlar ham yaxshilikka yoki yomonlikka xizmat qilishi mumkin. Bizning vazifamiz uni ezgu yo‘lda xizmat qildirish choralarini ko‘rish, uning zararlaridan cheklashga harakat qilishdir. Bugungi yurtimizda va uzoq-yaqin mintaqalarda yuz berayotgan voqealarni inobatga oladigan bo‘lsak, hali ongi, hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‘itishga qaratilgan g‘arazli kuchlar ham internet imkoniyatlaridan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinayotgani va bunday intilishlarning qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi to‘g‘risida talaba-yoshlarga tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib bordilar.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibaev axboroti
Universitet matbuot xizmati