TIQXMMI yangiliklari

img
22.11.2021

Loyiha doirasidagi tashriflar

2021 yil 9-17 noyabr kunlari “Suv resurslaridan samarali foydalanish maqsadida global iqlim o‘zgarishini sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatiga ta’sirini baholash va bashoratlash hamda GAT texnologiyasi asosida sug‘oriladigan  yerlarni gidromodul rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish uslublarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyiha bo‘yicha prof. Matyakubov B.Sh. Qoraqalpog‘iston Respubliksi xamda Xorazm viloyatiga tashrif qildi. Tashrif jarayonida 2021 yilda loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

1. Sug‘oriladigan maydon tuprog‘ining sho‘rlanish darajasi (2000-2020 yy.).

2.  Meliorativ qoniqarsiz bo‘lgan maydonlar shakllangan xarita (2020 y.).

3. Sizot suvlarining joylashish sathi va mineralizatsiyasi (2019-2020 yy.).

4. Manbadan olingan xamda chiqarib yuborilgan suv xajmlari (2019-2020 yy.).

5. Sug‘oriladigan yerlarni gidromodul rayonlashtirish tamoyillari o‘rganildi va taxlil qilindi.

Loyihaga qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan xolda Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jali vazirligi va Xorazm viloyati Chap Qirg‘oq Amudaryo ITXB  mas’ul mutaxassislari bilan uchrashildi xamda ma’lumotlar berildi. Kollektor - zovur tarmoqlarini tozalash ishlari olib borilayotgan ob’ektga tashrif qilindi xamda ilmiy tomondan tavsiya va takliflar berib o‘tildi.

TIQXMMI matbuot xizmati