TIQXMMI yangiliklari

img
02.11.2023

Xalqaro tanlovda “ Professional ta’lim ” kafedrasi pedagog xodimlarining  ishtiroki

Rossiya Federatsiyasi Prezidentining  Fan va texnologiyaga oid farmoniga muvofiq  2023 yil 30-oktyabrda  «III Международный профессионально –исследовательский конкурс ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ТАЛАНТ-2023»   tanlovi e’lon qilindi. Tanlov bo‘yicha barcha  kerakli ma’lumotlar axborot xatida ilova qilingan.

Tanlov maqsadi- pedagogik tajribalarni oshirish, umumlashtirish xamda ommalashtirish, pedagoglar o‘zaro tajriba almashish, professor –o‘qituvchilarning kasbiy maxoratlarini oshirishga ko‘maklashishdan iborat.

Ushbu tanlovga universitetning Professional ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari xamda tayanch doktorantlar ilmiy rahbarlari bilan birgalikda maqolalar yozib, topshirdi. Tanlov 19 ta nominitsiyada  tashkil etilmoqda ular quydagilar.

1. Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi nominatsiya

2. Pedagogik faoliyatdagi innovatsion texnologiyalar nominatsiya

3. Ta'limda raqamlashtirish nominatsiya

 4. Kasb-hunar ta'limi nazariyasi va metodikasi nominatsiya

5. O'rta ta'lim nazariyasi va metodikasi nominatsiya

6. Maktabgacha ta'lim nazariyasi va metodikasi nominatsiya

7. Qo'shimcha ta'lim nazariyasi va metodikasi nominatsiya

8. Ekologik ta'lim va tarbiya nominatsiya

 9. GEF va uni qo'llash xususiyatlari nominatsiya

10. Ochiq dars va uni o'tkazish xususiyatlari nominatsiya

11. Vatanparvarlik tarbiyasi nominatsiya

12. Tuzatish pedagogikasi nominatsiyasi

13. Psixologiya Nominatsiyasi

14. Pedagogika va ta'lim tarixi nominatsiya

15. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi nominatsiya

16. Ijtimoiy-madaniy faoliyat nazariyasi, metodikasi va tashkil etilishi nominatsiya

17. Musiqiy ta'lim nominatsiya

18. Ota-onalar bilan ishlash nominatsiya

19. Zamonaviy ta'limning dolzarb masalalari

Maqolalar axborot xatida keltirilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirildi. Tanlov so‘ngida sertifikatlar berilishi rejalashtirilgan.  Ushbu tanlovda ishtirok etgan pedagog xodimlarga omad tilagan holda yaxshi natijalar kutib qolamiz.