TIQXMMI yangiliklari

img
22.11.2021

Yutuqlar - tinimsiz izlanishlar samarasi

2021 yil ‘’Yerdan foydalanish’’ kafedrasi doktoranti Maxsudov Muxammadbekning faoliyati juda mazmunli kechmoqda. Hozirgi vaqtda ‘’Yer fondidan foydalanish diversifikatsiyasini tartibga solish’’ PhD dissertatsiyasi ustida ilmiy izlanish olib borayotgan yosh olim, ilmiy natijalari bilan ko’plab tanlovlarda ishtirok etdi. Ba’zilarida muvaffaqiyat va ba’zilarida esa tajriba orttirdi. Xususan, 2021 - yil 30 - may sanasida Rossiyada «Молодой экономист» Xalqaro ilmiy-tadqiqot tanlovida doktorant Maxsudov Muxammadbek ‘’Iqtisodiyot fanlari’’ yo’nalishida ishtirok etdi va tanlov yakunlariga ko’ra g’olib deb topildi. 2021 - yil 5 - sentabrda Rossiyada «Лига интеллектуалов» Xalqaro ilmiy-tadqiqot tanlovida ham doktorant Maxsudov Muxammadbek ‘’Iqtisodiyot fanlari’’ yo’nalishida ishtirok etdi va tanlov yakunlariga ko’ra g’olib deb topildi. 2021 - yil 6 - oktabr kuni «Эталон» federal innovatsion ta'lim markazi tomonidan o’tkazilgan «XXI asr pedagogikasi: tajriba, yutuqlar, uslublar» xalqaro pedagogik tanlovning  «Iqtisodiy ta’lim» yo’nalishida Maxsudov Muxammadbek o’zining «Экономика землепользования» (Yerdan foydalanish iqtisodiyoti) deb nomlangan uslubiy qo’llanmasi bilan ishtirok etdi. Ikki bosqichda tashkil etilgan tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra M.D.Maxsudov g’olib deb topildi. 2021 - yil 20 - oktabr kuni Rossiya federatsiyasida «Science & Education» xalqaro ilmiy hamkorlik markazi tomonidan tashkil etilgan «Лучшие  научные  исследования 2021» (2021-yining eng yaxshi ilmiy tadqiqot ishlari) II xalqaro ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovining  «Iqtisodiyot yo’nalishidagi tadqiqotlar» yo’nalishida Maxsudov Muxammadbek tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra g’olib deb topildi.  

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) miqyosida ilk marotaba tashkil etilgan «Лучшая научная статья 2021» xalqaro ilmiy-amaliy ko'rik - tanlovida Maxsudov Muxammadbek «Iqtisodiyot» yo’nalishidagi ilmiy maqolasi bilan g’olib bo’ldi!  Qozog’istonning Nur-Sulton shahrida o’tkazilgan «Лучший Молодой ученый 2021» ko’rik tanlovida ham Maxsudov Muxammadbek «Iqtisodiyot» yo’nalishidagi izlanuvchilar o’rtasida g’olib deb topildi. Shuningdek, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdurashid Altiyev hamda doktorant Muhammadbek Maxsudovlarning izlanishlari «LAMBERT Academic publishing» xalqaro ilmiy nashriyotida monografiya shaklida chop etildi. Monografiya ingliz tilida yozilgan. Ilmiy izlanish «Regulation of diversification of the use of district land fund», ya'ni "Tuman yer fondidan foydalanish diversifikatsiyasini tartibga solish" mavzusiga bag'ishlangan. Biz doktorantimizga bundan keyingi faoliyatida ham omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

TIQXMMI matbuot xizmati