TIQXMMI yangiliklari

img
01.11.2023

Is gazi hayot uchun xavfli

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Energetika” fakulteti Joriy yilning 1-noyabr kuni 8-ma’ruzalar zalida 1-bosqich talabalariga “Energetika” fakulteti dekan o‘rinbosari I.Buxorov, tyutorlar B.Abdullayev, D.Xudoynazarova va “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedra dotsenti Sayidxonova Nazokatlar “Yong‘inlar, Botulizm, ovqatdan zaharlanish, va Is gazidan zaharlanish”  mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 “Is gazidan zaharlanishning salbiy oqibatlari” mavzusida “Hayot faoliyati xavfsizli” kafedra dotsenti Sayidxonova Nazokat Respublika miqyosida bugungi kunda  is gazidan zaharlanishlar soni ortib borayotgani, eng ayanchlisi esa buning oqibati o'lim bilan yakunlanayotganligi haqida talaba yoshlarga tushuntirib o‘tdi. Mavzuga oid ta'sirli qisqa metrajli film ham namoyish etildi. Sayidxonova Nazokat bilan bo‘lib  o‘tgan uchrashuvdan talabalar o‘zini qiziqtirgan savollariga javob olishdi,  uchrashuv ta'sirli bo‘lib o‘tdi.

Shirin jonimizni gaz va elektr jihozlaridan to'g'ri foydalangan holda asraylik.   

"Energetika" fakulteti tyutori B.Abdullayev axboroti

Universitet matbuot xizmati