Zo'ravonlik illati
Joriy yilning 31 oktabr kuni "Toshkent irrigasiya va qishloq xo'jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti xotin-qizlari bo’yicha dekan maslahatchisi, tyutorlar tomonidan “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusidagi tadbir uyushtirildi. Tadbirga Toshkent davlat yuridik universiteti "Кriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish" kafedrasi professori Minovvarxon Sobirovna va "Jinoyat huquqi" kafedrasidan yuridik fanlar doktori Niyozova Salomat Saparovnalar ishtirok e’tishdi.
Tadbirda yig'ilish ishtirokchilariga inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda shaxsni zo'ravonliklardan, shu jumladan oilada sodir etiladigan jinoiy zo'ravonliklardan himoya qilish mexanizmi to'g'risida, zo'ravonlik turlari va zo'ravonlikka nisbatan qarshi chora-tadbirlarni qo'llash xususida ma'lumotlar berib o'tildi. Yig'ilish davomida mavzuga oid savol - javoblar qilindi. Tadbirda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi.
"GTQ" fakulteti tyutori D.Xursandova axboroti
Universitet matbuot izmati