TIQXMMI yangiliklari

img
01.11.2023

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”Milliy tadqiqot universiteti “XXI asr ayoli”

Bugun Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa qator hamkor tashkilotlar tomonidan “XXI asr ayoli” festivali doirasida o‘tkazilayotgan “Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o‘rni” mavzusida xalqaro FORUM bo‘lib o‘tdi.

Forumda universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslaxat kengashi raisi Z.Ismailova, Ekologiya va huquq fakulteti dekan maslaxatchisi B.Mamadaminova,  N.Nuraliyeva va shu bilan birga doktorantlar va ilmiy izlanuvchilar qatnashdilar.

Unda “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti”Milliy tadqiqot universiteti, “Elektrotexnologiyalar va elektr jihozlaridan foydalanish” kafedrasi dots.nti, texnika fanlari nomzodi (PhD)  Nuraliyeva Nodira Abdukamilovna ishtirok etdi.

Nuraliyeva Nodira Abdukamilovna so‘zga chiqib, agrotexnik tadbirlarni bajarishda qishloq  xo‘jalik texnika vositalarini qayta tiklanuvchi energiya manbalardan foydalangan holda elektr yuritmaga o‘tkazishni kichik quvvatli texnika vositalaridan boshlash maqsadida “O‘simliklarga vegetatsiya davrida purkab ishlov beruvchi elektromexanik qurilmaning energetik parametrlarini asoslash” mavzusidagi izlanishlari aynan shu masala yechimiga bag‘ishlanganligi haqida fikr yuritdi.

Aynan suspenziya sepish jarayonlarini kichik quvvatdagi texnika vositalari ham bajarish mumkunligi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgani, natijasida aynan purkab ishlov berishdagi texnika vositani yartishga muvofaq bo‘lgani, mana shu qiyinchiliklar bilan erishgan tadqiqotlari samarasi sifatida o‘z ilmiy ishi orqali  yaratilgan texnikasi bilan yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev bilan suxbatlashishga muyassar bo‘lganini xammaga na’muna sifatida ayta oldi.

Bu yutuqlar nafaqat Nodiraxonning yutuqlari balki, universitetimiz yutuqlaridan biri. Bu boradagi ishlarni ko‘paytirish va ayniqsa talaba-qizlarni, ayol professor-o‘qituvchilarni ilmiy ishlarga yo‘naltirish, ular bilan alohida ishlashga undaydi. Universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilar tomonidan Nodiraxonning yutuqlari bilan tabriklab qolamiz.