Is gazi xavfi
"Yer resurslari va kadastr" fakulteti maʼruzalar zalida ikkinchi va uchunchi kurs talaba-yoshlar o'rtasida “Is gazidan zaharlanishning oldini olish” boʼyicha tadbir oʼtkazildi. Tadbirda "Hayot xavfsizlik" kafedrasi mas'ul professor-o'qituvchilar maʼruzalari N.Rajabov hamda Z.Mirsolihovalar ishtirok etishdi. Fakultetni Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini H.Eshova, tadbirni ochib berib, yigʼilish ishtirokchilarni bugungi mavzu boʼyicha tanishtirdi. Kuz-qish mavsumida aholi oʼrtasida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi bilan bogʼliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholining bu boradagi savodxonligini oshirish maqsadida, o'tkazilgan tadbir ijaraga yashovchi hamda talabalar turar joyga turadigan talaba-yoshlar oʼrtasida tashkil qilindi. Ma'ruzachilarimiz soʼzga chiqib, bugungi mavzu boʼyicha talaba-yoshlarga maʼlumot berib, u oʼz nutqida tahliliga koʼra, Qish mavsumi yaqinlashgani sari yurtimizning turli hududlarida is gazidan zaharlanish, hattoki oʼlim holatlari koʼpayishi bugungi kunda Respublik boʼyicha 60 dan ortiq is gazidan zaharlanish holatlari kuzatilganligi toʼgʼrisida maʼlumot berib oʼtdi.
YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti
Universitet mаtbuot xizmаti