TIQXMMI yangiliklari

img
30.10.2023

Samarqand sayqali sari sayohat

Bugungi kun juda ham taassurotlarga boy tarzda o‘tdi. Sababi prezidentimiz  tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus hamda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish maqsadida joriy yilning  29-oktabr  sanasida universitet rektori Mirzayev Bahodir Suyunovichning tashabbuslari asosida "TIQXMMI" MTUning professor-o‘qituvchilari va Qozog‘iston Respublikasi va Vengriya davlatidan universitetimizda tahsil olayotgan bir guruh talaba-yoshlar ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand  shahriga sayohat qildilar.

Sayohat davomida talabalar Samarqand shahrining bir qancha ko‘hna obidalariga tashrif buyurdilar. Jumladan, Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi, Hazrati Doniyor ziyoratxonasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Bibixonim madrasasi, Siyob bozori, Shohi Zinda ziyoratgohi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning uy - muzeyi hamda ularning qabrlarini ziyorat qildilar.

Bu sayohat  salkam 3000 yillik tarixga ega bo‘lgan navqiron Samarqand shahriga uyushtirilganligi ayni muddao bo‘ldi. Shaharda saqlangan va xalqimiz tomonidan asrlar davomida e’zozlanib kelinayotgan arxeologik yodgorliklar va me’moriy obidalarni talabalarimiz  tomosha qilish bilan birgalikda qalblarida milliy g‘urur, iftixor yanada mustahkamlandi. "Iqtisodiyot" fakultet dekani R.Xakimov va "Yer resurslari va kadastr" fakulteti dekan muovini H.Eshova,  fakultetni  professor-o‘qituvchilari Z.Xafizova,  A.Jumanov, I.Aslanovlar boshchiligida qilingan sayohat mazmunli va katta taassurotlarga boy tarzda xotiralarda muhrlanib qolajak. Ana shunday sayohatni uyushtirib berganligi uchun shaxsan universitet rektori B.S.Mirzayev va universitet ma’muriyatiga talabalar ulkan minnatdorchiligini bildirishdi.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini H. Eshova axboroti

Universitet  matbuot xizmati