“Кorrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir
2023 yil 28 oktabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish Kompleans nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov, Universitet Sirtqi bo‘lim boshlig‘i U.Alimov va sirtqi bo‘lim xodimlari ishtirokida “Кorrupsiya - taraqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir va korrupsiyaning oldini olish profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. Sirtqi bo‘lim boshlig‘i U.Alimov Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Gapparovga so‘z berdi. A.Gapparov xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarorining Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizomi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-son Qarori asosida Sirtqi ta’lim jarayonini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Sirtqi ta’lim shaklida iste’molchilarni talablariga javob beradigan ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish va xalqaro ta’lim standartlariga mos keladigan ta’lim sifatini ta’minlash, Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limga qabul qilish va o‘qitishni tashkil qilishda va Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish jarayonida bo‘lim xodimlari Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymasligi va “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat kodeksi” da keltirilgan “278/4-moddasi Kompyuter axborotini modifikatsiyalashtirish”, “210-modda. Pora olish”, “212-modda. Pora olish-berishda vositachilik qilish” haqida ma’luot berib ularni ogohlikka chaqirdi. Hozirgi kunda “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi buning javobgarligi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Ushbu olib borilgan suhbat jarayonida sirtqi bo'lim xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib yetarlicha ma'lumot olishdi. A.U.Gapparov, xodimlarga “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish javobgarligining huquqiy asoslari haqida batafsil tushuntirdi. Sirtqi bo‘lim boshlig‘i U.Alimov tadbir so‘ngida bo‘lim xodimlari o‘rtasida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdagi amaliy yordamlari uchun mexmonlarga bo‘lim rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassisi
Karimjonov Izzatullo axboroti.