TIQXMMI yangiliklari

img
30.10.2023

Umumlashtirish va tizimlashtirish yo'lida

Talabalar tomonidan zamonaviy bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish va mustahkamlash yo'li bilan yaxlitlab, mujassamlashgan bilimlarni birdaniga qo'llash ko'nikma va malakalarini shakllantirishda fanlararo aloqalar nazariyasi va amaliyoti mazmuni uyg'unligini ta'minlash muammosi dolzarb masala hisoblanadi.

Professional ta'lim yo'nalishi 3 bosqich talabalari hozirda "5+1" loyihasi asosida professional ta'lim muassasalari (kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar)da "Pedagogik" amaliyot o'tamoqdalar. Jumladan, Toshkent tumanida joylashgan "Xizmat ko'rsatish va servis" texnikumida talabalar dars jarayonlarini kuzatish bilan bir qatorda, texnikumdagi mehnat taqsimoti, xodimlarning birgalikda ishlash ko'nikmalari hamda ishni to'g'ri tashkil qilish bo'yicha bir qator foydali ma'lumotlarga ega bo'lmoqdalar.

Fanlararo aloqalar negizida nazariya va amaliyot mazmuni uyg'unligi ta'minlanishi:

- o'quv mashg'uloti sifat va samaradorligini oshiradi; bilimlar mustahkam va yaxshi o'zlashtirilishini ta'minlaydi;

- o'quv fanlari integrasiyasini taminlaydi; bilimlar ketma-ketligini ta'minlab, ularni tizimlashtiradi;

- bilim ko'nikma va malakalarni umumlashtiradi; bilimni majmuiy qo'llash malakalarini shakllantiradi va kompetentsiyalarini rivojlantiradi;

- yangi, o'zaro bog'liq bilimlarni izlash, layoqatini rivojlantiradi;

- bilimdan foydalanish va amalda qo'llash layoqatini rivojlantiradi; tizimli fikrlashni shakllantiradi va rivojlantiradi;

- mustaqil, ilmiy va professional fikrlashni shakllantiradi;

- to'g'ri texnik yechim topish va qaror qabul qilishga o'rgatadi; yaxlit ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi degan muhim xulosalarga kelishga asos bo'ladi.

Bo'lajak o'qituvchilarimizga faqat omad tilab qolamiz.

 

"Professional ta'lim" kafedrasi dotsenti D.Mustafoyeva axboroti

Universitet matbuot xizmati