TIQXMMI yangiliklari

img
30.10.2023

Ijarada yashayotgan talabalarning sharoitlari oʼrganildi

 “Yer resurslari va kadastr” fakulteti dekani Sh.Narbaev boshchiligida dekan muovinlari ijarada yashovchi barcha talabalar holidan habar olishdi. Barcha hududlarda ijarada va yaqin qarindoshinikida yashayotgan talabalar boʼyicha oʼrganish tizimi joriy qilinib, barcha mas’ullar oʼzlariga biriktirilgan hudud, qizil hududni oʼrganishdan boshlashdi.

Dekan, shuningdek, yoshlar boʼyicha dekan muovini tomonidan talabalarning yashash sharoitlari tahlil qilinib, ularni oʼz holiga tashlab qoʼymaslik, ular doimo nazoratdaligi taʼkidlandi. Xususan, talabalar ijarada qayerda yashamoqda, kimnikida turibdi, yashash sharoiti qanday, darsdan keyin nima ish bilan mashgʼul boʼladi, boʼsh vaqtini qanday oʼtkazadi, bu talabalarning oʼqish jarayoniga qanday taʼsir koʼrsatmoqda kabi jiddiy masalalar boʼyicha ham maʼlumotlar berildi.

Аyniqsa, kecha fakultet dekanining yoshlar boʼyicha dekan muovini H.Eshova Toshkent shahar Yangi hayot tumani 4 chi bekat  Sergeli 11-ko‘cha  170- hovli uylairga borib talabalarning xususiy uy-joylarda yashash sharoitlari ham oʼrgandi. Shuningdek talabalar tomonidan ijaraga olinayotgan xonadonlarning yongʼin va boshqa texnik xavfsizlik talablariga javob berish, talabalarda birlamchi yongʼin va boshqa texnik xavfsizlik boʼyicha batafsil maʼlumotlar berib kelishdi. Ushbu profilaktik tadbirlar ijarada turadigan talabalar bilan qamrovi va sifati oshiriladi degan umiddamiz.

YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti

Universitet mаtbuot xizmаti