TIQXMMI yangiliklari

img
30.10.2023

Yangi qirralarimizni kashf etamiz

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova va “Iqtisod” fakulteti  yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini J.Turdiyevlar 1- kurs talaba yoshlari bilan “Ichki sezgingiz qay darajada rivojlangan?” mavzuida davra suhbati o'tkazdilar. Tadbir talabalarda ichki sezgi qobiliyatini oshirish maqsadida tashkil etildi. Ishtirokchilarga ichki sezgi nima, uni qanday sezish mumkin, qanday rivojlantirish mumkinligi haqida tushunchalar berib o'tildi.
“Inson o'zining yashirin qirralarini, qobiliyatlarini rivojlantirishi juda zarur. Hamma ham o'tkir ichki sezgi bilan tug'ilmaydi, ammo uni rivojlantirish imkoni bor. Bu olimlar va psixologlar tomonidan tasdiqlangan. Ko'pchilik o'tkir ichki his, g'ayrioddiy qobiliyat egasi bo'lishni, voqea-hodisalarni boshqalardan ko'ra oldinroq sezishni istaydi. Va, bunday imkoniyat hammada bor! Insonning fikrlashi va aqli uchun chap yarim shari, o'zgachaligi va ilhomlanishi uchun o'ng yarim shari javob beradi. Agar ichki sezgingizni takomillashtirishni xohlasangiz, aynan o'ng yarim sharni rivojlantirishingiz lozim”, dedi o'z nutqida universitet psixologi M.K.Muhammedova. Yig'ilishda ichki sezgini va o'ng yarim sharni rivojlantirish usullari haqida so'z yuritildi va tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida “Iqtisod” fakulteti  yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini J.Turdiyev ham mavzuga oid o'z fikr mulohazalari bildirib o'tdi. Barcha talabalar tadbirda faol qatnishishdi. Keyingi tadbir inson xarakter xususiyatlarini aniqlashtirishga doir mavzu o'tishga kelishib olindi va qizg'in tarzda tadbir yakunlandi.   

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmati