Zo'ravonlik — oxiri vayronlik
"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti 3-Talabalar turar joyi “Iqtisod”, “Energetika” fakultetlari talaba qizlari bilan universitet psixologi M.K.Muhammedova ikki mavzu doirasida “Zo'rlik bor yerda zo'ravon ko'payar”, “Stressga qarshi turishni o'rganamiz” mavzularida tadbir tashkil etdi. Tadbir Xotin –qizlarning taziyq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi qonun asosida talaba qizlarga xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taziyq va zo'ravonlikdan ishonchli himoya qilinishini ta'minlash borasidagi olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirish hamda stressni oldini olish maqsadida tashkil etildi.Tadbirda yig'ilish ishtirokchilariga inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda shaxsni zo'ravonliklardan, shu jumladan oilada sodir etiladigan jinoiy zo'ravonliklardan himoya qilish mexanizmi to'g'risida, zo'ravonlik turlari va zo'ravonlikka nisbatan qarshi chora-tadbirlarni qo'llash xususida ma'lumotlar berib o'tildi. Yig'ilish davomida mazularga oid so'rovnomalar olinib, javoblari muhokama qilindi.
Tadbirda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati