Universitetimizga Germaniyaning Iqtisodiyot va iqlim muhofazasi vazirligi delegatsiyasi rahbari boshchiligida kompaniya rahbarlari, ekspertlar va olimlar tashrif buyurdi
"TIQXMMI" Milliy tadqiqot universitetiga Germaniyaning Iqtisodiyot va iqlim muhofazasi vazirligi delegatsiyasi rahbari Natalya Hermann-Kopotliv xonim boshchiligida NIVUS GmbH, Lutz-Jesco, Megger, German Water Rartnership, ANK GIC kompaniya rahbarlari, ekspertlar va olimlar tashrif buyurdi.
Uchrashuvda har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan, dunyo va mintaqadagi dolzarb muammolari yechimiga yo‘naltirilgan toza ichimlik suvi texnologiyasi, energetika, suv inshootlari va nasos stansiyalari bo‘yicha hamkorlik istiqbollari hamda Germaniyalik mutaxassislarni o‘quv jarayoniga jalb qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida “O‘zbek-Nemis” suv taʼminoti qo‘shma o‘quv-ilmiy laboratoriyasini yaratish va uni jihozlash bo‘yicha konsepsiyasini ikki tomon mutaxassislari tomonidan ishlab chiqish kelishuviga erishildi.