TIQXMMI yangiliklari

img
26.10.2023

Zahmat tortib rahmat eshitgan adib

O‘zbek adabiyotining tarixiy taraqqiyotiga o‘zining munosib hissasini qo‘sha olgan adiblardan biri, shubhasizki, Abdulla Oripovdir. U makon, zamon va inson deb atalmish uch birlikni bir butunlikda ko‘ra oldi va o‘zining qalb prizmasidan o‘tkazish asnosida go‘zal nazmiy durdonalar yaratdi. Zahmat chekmaguncha rahmat eshitilmas degan gap bejiz emas. U o‘z davrida tazyiqlarga uchradi. Mustaqillik davridagina o‘z so‘zlarini ayta oldi. Qahramon shoir darajasiga yetdi.

“TIQXMMI” MTU “Ekologiya va huquq”  fakultetining dekani Begmat Norov, dekan o‘rinbosari Ortiq Ro‘ziboev, tyutorlar Xursand Ro‘zmetov, Iroda Abdurahmonovalar talabalar bilan birga Abdulla Oripov haykali poyida ma’rifiy tadbir tashkil etishdi. Tadbirni universitet professori R. Jumaniyozov olib bordi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining a’zolari, “Mehnat shuhrati” ordeni nishondori Orziqul Ergashev va iqtidorli shoir Davron Rajab ulug‘ adib bilan bog‘liq qiziqarli xotiralarini o‘rtoqlashishdi. So‘ngra iqtidorli talabalar shoir she’rlaridan namunalar o‘qib davraga fayz kiritishdi. Fakultet dekani B.Norov yozuvchi O.Ergashev va shoir Davron Rajabga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Universitet matbuot xizmati