TIQXMMI yangiliklari

img
20.10.2023

Oliy  ta’lim  va  maktab hamkorligi

Davlatimiz rahbarining 2022 yil 6 noyabrdagi «O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida tahlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmoni ham ta'limning ehtiborning yorqin ifodasi bo’ldi. Ayniqsa, ushbu hujjat maktab va oliy tahlim muassasalarining hamkorligini yanada rivojlantirish, bu ikki ta'lim muassasalarining integratsiyasini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Darhaqiqat, ustoz murabbiylarning jamiyatdagi o’rnini mustahkamlash bilan bir qatorda, o’quvchilarning iste'dodlarini kashf etish, ularni yoshligidan o’zlari qiziqqan hamda orzu qilgan sohasiga yo’naltirish bugungi kunda eng dolzarb vazifalardan biriga aylandi.

2023 yil 17-oktabrda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasiga biriktirilgan Piskent tumanidagi 35 va 37 umumta’lim maktablari kafedraning profeccor-o’qituvchilari tashrif , buyurishdi. Kafedra mudiri v.b Sh.Boboqulov, kafedra professor-o‘qituvchilari Z.Xafizova va Yu.Usmanovlar Piskent tumanidagi 35 va 37 umumta’lim maktablari 9 va 11 sinf o‘quvchilari hamda fan o‘qituvchilariga Kasbga yo‘naltirish bo‘yicha seminar-trening tashkil qilishdi. Maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilariga  universitet ta’lim yo‘nalishlari  bo‘yicha  ma’lumotlar  berish va  bitiruvchilarni universitet  bilan yaqindan tanishtirish maqsadida universitetga  taklif qilishdi. Universitetdagi barcha yunalishlsr to’g’risida  o‘quvchilariga to‘liq ma’lumot beriib o’tishdi.

“Yer resurslarini boshqarish” kafedrasining  katta o’qituvchisi Z.Xafizova axboroti

Universitet matbuot Xizmati