Milliy liboslar – milliy qadriyatlar bezagi
Joriy yilning 17 oktabr kuni "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti 3-TTJ “Iqtisod”, “Energetika” fakultetlari talaba qizlari bilan universitet psixologi M.K.Muhammedova va 3-Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Z.Muhrumboyevalar ishtirokida talaba qizlar o'rtasida milliy libos haqida tushuncha va ko'nikma hosil qilish va milliy liboslar bilan zamonaviy liboslarni uyg'unlik hosil qilgan holda hayotga tadbiq etish xususiyatini shakllantirish maqsadida "Milliy liboslar – milliy qadriyatlar bezagi" mavzuida davra suhbati o'tkazildi. Tadbir “Milliy libos deganda ko'z o'ngingizda qanday obraz gavdalanadi?”, “Siz milliy libos bilan zamonaviy liboslarni uyg'unlashtirgan holda kiyina olasizmi?”, “Liboslaringizga yangicha tus berish uchun mustaqil ravishda kreativ yondoshganmisiz?”, “Ro'mol o'rashda kreativ yondashuvlar qilishga qanday qaraysiz?”, “Buvingiz yoki onangiz kiyingan modada kiyinishga qanday qaraysiz?” kabi savollar asosida, qiziqarli tarzda olib borildi.
Tadbir davomida “Siz uchun eng qadrli narsalar”, talaba qizlarning kayfiyatini ko'tarishga mo'ljallangan “Sirli quticha” kabi trening mashg'ulotlar, “Keyingi tadbirlar qaysi mavzularda o'tkazilishini istaysiz?” hamda “Milliy liboslar”ga oid mini so'rovnoma o'tkazildi va natijalari muhokama qilindi. Tadbir so'ngida o'tkazilgan mavzu haqida talaba qizlar o'z iliq fikr va mulohazalarini bildirishib, ayniqsa, “Sirli quticha” orqali olishgan “sovg'a”laridan boshlari ko'kka yetganini, juda ham xursand bo'lishganini ta'kidlab o'tishdi. Barcha talaba qizlar o'tilgan mavzu ular uchun manfaatli bo'lganini e'tirof etishgan holda tadbir o'z nihoyasiga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati