TIQXMMI yangiliklari

img
18.10.2023

Maktabda mahorat darsi

Mamlakatimizda umumiy o‘rta ta’lim tizimining sifati va samaradorligini oshirish, yoshlarni jumladan, maktab o‘quvchilarini yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.

Shuningdek, ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish hamda pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish hamda maktab va universitet hamkorligini rivojlantirish, ular o'rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlash maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetш “Gumanitar fanlar” kafedrasining  professor-o‘qituvchilari, Toshkent viloyati Nurafshon shahar 57-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun “O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni va mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor yo’nalishlari” mavzusida ma’ruza mashg‘ulotlari, mahorat darslarini tashkil qilishdi.

UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI