TIQXMMI yangiliklari

img
18.10.2023

Sport- sog‘liqqa garov

Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq  xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti tyutorlar tomonidan 107-guruh  talabalari bilan ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida sportning badminton turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Bellashuv qizg‘in davom etdi. Biz tyutorlar ham chaqqonlik va epchillikda talabalardan qolishmasligimizni ko‘rsatdik. Sog‘lom tanda sog‘ aql deb bejiz aytishmagan.

“Iqtisodiyot” fakulteti   tyutorlari  D.Egamova

va G.Shodieva axboroti

Universitet matbuot xizmati