“TIQXMMI” Milliy tadiqot universitetida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining “INNOWEEK.UZ-2023” xududiy innovatsion g‘oyalar xaftaligi o‘tkazildi
2023-yilning 17-oktabr kuni “TIQXMMI” Milliy tadiqot universitetida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanining “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori “INNOWEEK.UZ-2023” xududiy innovatsion g‘oyalar xaftaligi o‘tkazildi.
Xabaringiz bor, Muxtaram Prezidentimizning 2022-yil 6-iyuldagi PF-165 sonli Farmoni bilan “O’zbekistonning 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish strategiyasi” tasdiqlandi. Ushbu Farmon «Mamlakatda innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalar va texnologiyalarni keng tatbiq qilish, inson kapitalini, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish» maqsadida qabul qilingan.
Shuningdek, Farmonda 2022−2026 yillarda O’zbekiston innovatsion rivojlanish strategiyasining asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan.
O’tkazilgan mazkur tadbirda Oliy ta’lim muassasalaridan tumandagi 6 ta OTM, 2 ta xorijiy universitetlar filiallari, 9 ta ilmiy tadqiqot muassasalari, Krantas” MChJ, “O’z Klass Agro” MChJ, “OPTICAL PRO” MChJ, “Kichik Sanoat Zonasi” korxona va tashkilotlari hamda 30 dan ortiq Startapchi yoshlar ishtirokchilar o‘zlarining 200 taga yaqin innovatsion ishlanmalarini namoyish etdilar.
Ushbu tashkil etilgan tadbir ikki qismdan tashkil topib, 1-qismida – universitet xovlisida joylashtirilgan yangi ilmiy-innovatsion ishlanmalar bilan tanishildi. 2-qismda esa – “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori asosida 3 ta sho‘bada “Ilm-fan va tijoratlashtirish” ko‘rgazmasi, “Kreativ ta’lim”, “Yoshlar forumi va startap loyihalari tanlovi” ko‘rgazmalarining taqdimotlari yuqori saviyada o‘tkazildi.
Universitet Ilmiy taqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limi.