TIQXMMI yangiliklari

img
16.10.2023

Germaniyaning ta’lim va tadqiqot vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv

Universitet rahbari va Germaniyaning ta’lim va tadqiqot vazirligining Sharqiy Yevropa, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari boshqarmasi boshlig‘i Gabriyele Xermani boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Germaniya delegatsiya tarkibida universitet Germaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlar kengashining Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i D-r Rudolf Smolarshik, Germaniya Geofanlar ilmiy markazi (GFZ_Potsdam) boshlig‘i D-r Shtefan Shvartse, shu ilmiy markazning bosh ilmiy xodimi D-r Abror Gafurov, Zalf ilmiy markazi yetakchi ilmiy xodimi D-r Axmad Xamidov, IAMO ilmiy markazi ilmiy xodimi Nodirbek Djanibekovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda universitet rektori prof.B.Mirzayev, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor prof.A.Salohiddinov, O’quv ishlari prorektor prof.B.Xudayarov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar  bo‘yicha prorektor prof.T.Sultanov va Germaniyaning turli muassalari bilan faol hamkorlik olib borayotgan bir qator olimlari va doktorantlari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda har ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan, dunyo va mintaqadagi dolzarb muammolari yechimiga yo‘nalitirilgan ilmiy hamda salohiyatni rovojlantirish sohasida olib borilayotgan hamkorlik holati va istiqbollari batafsil muhokama qilindi. Kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni, jumladan hamkorlikda zamonaviy kadrlar tayyorlash va ilg‘or tadqiqotlar olib borish bo‘yicha muhim bo‘lgan masalalar tahlil qilindi. O’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb va ustivor yo‘nalishlar hamda yondashuvlar bo‘yicha kelishuvga erishildi.