TIQXMMI yangiliklari

img
19.11.2021

“17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni” muborak, aziz talabalar

2021 yil 17 noyabr “Xalqaro talabalar” kuni munosabati bilan 4-TTJda istiqomat qilayotgan "Gidromelioratsiya" fakulteti talabalari uchun fakultet rahbariyati tomonidan ma’naviy – ma’rifiy tadbir o’tkazildi. "Gidromelioratsiya" fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Z.Abdurashidov o’zining tabrik so’zlari bilan tadbirni ochib berdi. Shu qatorda fakultet tyutorlari I.Rahimov, D.Egamovalar hamda tarbiyachi pedagog N.Isaqulova so’zga chiqib o’z tabrik so’zlarini izhor qildilar.

Tadbir davomida talabalar maroqli dam olishlari uchun fakultet Yoshlar ittifoqi yetakchisi S.Azimov ham faol ishtirok etdi va tadbirni olib bordi. Shundan so`ng turli janrdagi she`riy musiqa kechalariga ulanib ketdi. Talabalar uchun tashkil etilgan ushbu tadbir ko`tarinki ruhda bo`lib o`tdi va talabalar qalbida o`chmas iz qoldirdi.  Tadbir so`ngida barcha talabar tadbir ishtirokchilariga o`z tashakkurlarini izhor etishdi.

 

Gidromelioratsiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari         Z.Abdurashidov axboroti

TIQXMMI  matbuot xizmati