Davlat tili - mustaqil davlatchiligimiz timsoli
Joriy yilning 14 - oktyabr kuni "Iqtisodiyot "fakulteti xotin - qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Ra'no Kodirova boshchilida "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchisi M.Qo'shnazarova Piskent tumanidagi 42 - sonli o'rta umum ta'lim maktabida "Boqiysan, iftixorimsan, ona tilim" shiori ostida," Til yashasa, yashaydi millat" mavzuzida tadbir o'tkazdilar.
Tadbir Ra'no Kodirova tomonidan tayyorlangan video rolik namoyishi bilan boshlandi. Shundan so'ng, Ra'no Kodirova Inson uchun Vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik muqaddas boʼlsa, ona tili ham shunchalik azizdir deya uqtirdi. Hattoki, goʼdak ham dunyoni ona tili orqali anglaydi.
Shuning uchun doim til, millat, Vatan tushunchalari yonma-yon yuradi. Tilsiz jamiyat rivojlanmaydi, taraqqiy topmaydi. Ona tili – millat ruhi, or-nomusi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro miqyosdagi obroʼ-eʼtiborini yuksaltirishda, uni milliy va umumbashariy tushunchalar asosida taraqqiy etgan tillar safiga qoʼshishda har birimiz tilimizga chuqur hurmat bilan yondashimiz kerak.
Zero, til bor ekan, millat barhayotdir, deb ta'kidlab, oquvchilarga savollar bilan murojaat qildi. To'g'ri javob bergan oquvchilar Ra’no Kodirova tomonidan kitoblar, o'quv- qurollari bilan taqdirlanadilar.
Tadbirda maktab o'qituvchilari faol ishtirok etib, Ona tilimizni madh etgan she'rlaridan o'qidilar, go'zal taronalarga raqs tushdilar. Tadbir sermazmun, foydali, qizg'in va juda quvnoq o'tdi.
"Iqtisodiyot" fakulteti xotin - qizlar masalasi bo'yicha kengash raisi Rano Kodirova axboroti
Universitet matbuot хizmati