"Ma'naviyat" zimmasidagi ulkan mas'uliyat
Ozodalik va tozalik, ahillik va hamjihatlik masalasi talabalar turar joylaridagi birlamchi va dolzarb mavzulardan bo'lgan har doim. Chunki turli oilalardan, turlicha muhit va turli sharoitdan bir joyga yig'ilgan ayni o'tish yoshida bo'lgan talabalarning hamma uchun bir xil bo'lgan umumiy tartib qoidalarga birdek moslashishi har doim ham oson bo'lmagan. Shuning uchun ba'zan talabalar orasida sansolarlik, erinchoqlik va manmanlik kabi illatlar ortidan ayrim muammolar chiqib turadi. Ammo bunday vaziyatlarning oldini olish uchun biz ta'lim - tarbiya mas'ullari turli yondoshuvlardan foydalanamiz.
Turli tarbiyaviy tavsiyalarga boy uchrashivlar, ko'ngilochar tadbirlar, badiiy kechalar uyushtirib, har haftaning bir kunini "tozalik kuni" sifatida belgilab yotoqxonaga tashrif buyuramiz. Bugun ham odatdagidek har juma kuni o'tkazadigan "Tozalik kuni" munosabati bilan 2-TTJga borib ko'nglim tog'dek ko'tarildi. Ko'pchillik oshxonada ovqat tayyorlayapti. Xonalar top-toza, saranjom sarishta, qizlar bir-biri bilan ahil inoq, hamfikr do'stona munosabatda ekanidan angladimki, qilayotgan harakatlarimiz zoe ketmayapti. "Barakalla qizlarim " deya ish kunimni yakunlab uyga xotirjam qaytdim.
QXM fakulteti tyutori O. Abdullayeva axboroti
TIQXMMI-MTU Matbuot xizmati