TIQXMMI yangiliklari

img
14.10.2023

Ma'rifatga yo'g'rilgan ziyorat

13-oktabrda TIQXMMI-MTU "Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash" fakulteti QSXTS-107 guruh talabalari bilan Hastimom ziyoratgohiga tashrif buyurdik. Atrofida Imom al-Buxoriy Islom instituti O'zbekiston musulmonlari idorasi joylashgan XVI-XX-asrlarga oid Qaffol Shoshiy maqbarasi, Baroqxon va Muyi Muborak madrasalari, Hazrati Imom jome masjididan iborat majmuaga qadam qo'ydik. O'z davrining tolibi ilmlari uchun muqaddas dargoh bo'lgan Baroqxon madrasasida hozirda faoliyat ko'rsatayotgan savdo majmualarini tomosha qilish asnosida talabalarimdan turli tuman g'oya va takliflarni eshitib zavqlandim.

Kimdir bu yerdagi narx balandligidan e'tiroz bildirib:

-Agar arzonroq bo'lsa sayyohlar ko'proq olib ketadiyu, ko'proq odamlar yurtimiz haqida bilardi.  - dedi. Boshqa biri esa:

- Bu mahsulotlar bizning milliyligimiz timsoliku nega arzon bo'lishi kerak -deya fikr bildirdi. Men shunday teran fikrli talabalarim borligidan quvondim. Men ularni "HIDOYAT" jurnalining muharriri Abdulatif hoji Abdullayevning suhbatiga jalb etdim. Bu ustozning hayotiy misollarga boy mulohazali fikrlari hech kimni befarq qoldirmadi.

Xullas, bugungi ziyoratimiz hammamiz uchun yorqin taassurotlarga boy, fayzli, shukuhli bo'ldi.

QXM-fakulteti tyutori O.Abdullayeva axboroti

Universitet axborot xizmati