TIQXMMI yangiliklari

img
12.10.2023

Toshkent teleminorasiga sayohat

“Toshkent irrigatsiya  va  qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori D. Axrarova tashabbusi bilan  joriy yilning 11 - oktabr kuni 101 - guruh talabalarini bo’sh vaqtini mazmunli va maroqli o’tkazish maqsadida  Toshkent teleminorasiga talabalar bilan sayohat uyushtirildi. Teleminora hududida muzey ham mavjud bo‘lib boshqa mamlakat teleminoralarining ham kichraytirilgan maketlari ko‘rsatilgan. Toshkent teleminorasi Oʻrta Osiyodagi eng baland binodir. Uning balandligi 375 metrdir.

Rasmiy tilda Toshkent teleminorasi H-375m obyekti deb ataladi. Teleminora 1978-yildan boshlab, 6 yil davomida qurib bitkazilgan. 1985-yilning 15 - yanvarida ishga tushirilgan.Talabalar teleminora to‘g‘risida ma'lumotlarga ega bo‘ldilar. Muzeydan olingan taassurotlar talabalarga estetik hamda ma’naviy zavq bag‘ishladi.

“Gidromelioratsiya” fakulteti  tyutori D.Axrarovaning axboroti

Universitet matbuot xizmati