Qatag‘on qurbonlarini xotirlab
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti “Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Axmedjanova tashabbusi bilan joriy yilning 11 sanasida 109-guruh talabalari bilan ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 5 + 1 doirasida, 5 ta muhim tashabbusning birinchisini qo‘llagan holda, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurishdi.
Qatag‘onlarni xotirlash va e’zozlash, xalq ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan ajdodlarimizning porloq xotirasini tiklash maqsadida barpo etilgan «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyining har bir bo‘limidagi o‘sha davrlarga oid hujjatlar, rasmlar, davr lavhalari va eksponatlar tarixdan saboq chiqarib, bugungi hayotimizga shukronalikka va kelajakka bepisand bo‘lmaslikka o‘rgatishi shubhasizdir. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, talabalarda insonning ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, ularda ajdodlarga nisbatan mehr, iftixor tuyg‘ularini oshirish, ajdodlarga munosib tarzda hayot kechirishlari, mehnat qilishlari va buyuk ishlarni amalga oshirish sari ilhom baxsh etishdan iboratdir. Muzeydan olingan taassurot talabalarda estetik hamda ma’naviy zavq bag‘ishladi.
“Gidromelioratsiya” fakulteti tyutori G.Z.Axmedjanova axboroti
Universitet matbuot xizmati