Islom Karimov muzeyiga tashrif
Ushbu muzey, Toshkent shahri Yakkasaroy tumanining Afrosiyob koʻchasida joylashgan zamonaviy meʼmoriy inshoot boʻlib, 1999-yildan to 2016-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti marhum Islom Karimovning rasmiy qarorgohi boʻlib xizmat qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PQ-2785-son qarori bilan “Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi”ga aylantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining hayoti va faoliyati haqida ko‘proq bilish maqsadida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot univeristeti “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiylash” fakulteti tyutori J.Sa’dullayev boshchiligida 109-guruh faol talabalari bilan Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzeyning eski nomi - "Oqsaroy Rezidensiyasi" ("Oq saroy"), bu yerda Islom Karimov bir paytlar siyosiy faoliyatini olib borgan va ishlagan.
Hashamatli saroyda, muzeydan tashqari, kutubxona va o‘quv zali, ilmiy markaz va anjumanlar zali mavjud. Talabalarga muzey xodimasi eksponatlar toʻgrisida qiziqarli ma’lumotlar berib oʻtdi. Talabalarda Islom Karimov vatanni sevib, xalq uchun jonini beradigan inson boʻlganligi, iliq taassurot qoldirdi desak adashmagan boʻlamiz. Talabalarni ma’naviyati va ma’rifatiga ta’sir etadigan, manashunday muzeylarga koʻproq tashrif buyurish kelishib olindi.
QXM fakulteti tyutori J.Sa’dullayev axboroti.
Universiteti matbuot xizmati