TIQXMMI yangiliklari

img
18.11.2021

"Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" mavzusida

Oilaviy zo‘ravonlik - o‘z ko‘lamiga ko‘ra global muammo. U turmush darajasi va demokratizatsiya formatidan qat’i nazar, dunyoning barcha mamlakatlarida kuzatiladi. Ayollardan nafratlanuvchi erkaklarni faqat qashshoq yoki badavlat, oliy ma’lumotli yoki ma’lumoti yo‘q, yevropalik yo osiyolik deb ajratib bo‘lmaydi. Bundaylarning alohida bir millati yo e’tiqodi bo‘lmaydi. Afsuski, O‘zbekiston ham bundan mustasno emas. Bizning mamlakatimizda maishiy yoki "uy zo‘ravonligi"ga ko‘pincha bir oila muammosi sifatida qaralgan. Odamlar bunday muammolarni uydan tashqariga olib chiqmaslikka harakat qilishadi. Aksariyat holatlarda zo‘ravonlik qurboni sharmandalik va turli gap-so‘zlardan qo‘rqib, jim yurishga majbur bo‘ladi. Bunday vaziyatda qolgan ayollarning indamasligiga bir necha sabab bo‘ladi. Kimlardir moliyaviy yordamsiz qolishdan qo‘rqsa, boshqalari farzandlari va o‘z hayoti uchun xavfsiraydi. Zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol har tomonlama qiyin holatda qoladi. Ayniqsa, hatto eng yaqin insonlari ham bu muammoni hal qilishdan o‘zini olib qochganda. Oxir-oqibat bu doimiy qo‘rquv, depressiya, o‘z joniga qasd qilish kabilar bilan tugaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi PQ-5116-sonli qarori bilan "Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, ushbu harakatlardan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan "Yo‘l xaritasining 17-bandida 25 noyabr - Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish Xalqaro kuni munosabati bilan 2021 yil 17 noyabrda Institut xotin - qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raisi Z.Ismailova boshchiligida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" mavzusida umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda M.Ulug‘bek tumani hokimining xotin-qizlar maslalari bo‘yicha maslahatchisi N.Mirbabayeva va institut kengash a’zolari dots.F.Yunusova, Z.Xafizova, D.Xursandova, Yerb fakulteti dekan urinbosari X.Eshova, tutorlar hamda YeRB va GTQ fakultetining talaba qizlari ishtirok etishdi. N.Mirbabayeva so‘zga chiqib, “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi. Talaba qizlarimiz o‘zlarining qiziqtirgan savollarini berishdi va ijobiy javoblarini olishdi.

 

 

Z.Xafizova axboroti

TIQXMMI matbuot xizmati