TIQXMMI yangiliklari

img
07.10.2023

Shior – bu insonni maqsadga undovchi omil

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova  Xor jamoasi vakillari bilan birgalikda ”Mening hayotdagi shiorim” mavzuida trening mashg'ulotini o'tkazdi. Trening imo-ishoralar orqali “so'rashuv” mashg'uloti bilan boshlandi. Bu trening ishtirokchilar o'rtasidagi tortinchoqlik hissini yo'qotib, iliq munosabatlar shakllanishiga yordam beradi.  ”Mening hayotdagi shiorim” treningida ishtirokchilarga hayotda doimo olg'a intilishga, kuch va g'ayrat topa olishga, kelajakka ishonchini kuchaytirishga har vaqt yordam bera oladigan hayotiy motivatsion (ilhomlantiruvchi) shior o'ylab topish va o'sha shiorni ishirokchi doimo ko'rinib turadigan joyga yozib qo'ya oladigan va uni ko'rganda beixtiyor hayotga nisbatan motivatsiya (qiziqish va intilish) paydo bo'lishi kerakligi topshirig'i berildi. Gohida talabalarda destruktiv printsiplar hayotiy shiorga aylanib qolishi kuzatiladi. Treningning vazifasi ishtirokchilarda shunday destruktiv shaxs shakllanishiga salbiy ta'sir qiluvchi omillarni aniqlab, uni bartaraf qilishdan iborat. Bumashg'ulot orqali talabalarning dunyoqarashi va tafakkur tarzini ham o'ziga xos ravishda diagnostika va korrektsiya qilish imkoni yuzaga keladi. Yig'ilish davomida “Quyosh”, “Men sevgan aforizm” kabi trening mashg'ulotlar o'tkazildi. Treningda barcha ishtirokchilar faol qatnashishdi.  Trening so'ngida o'tilgan mashg'ulotlar yuzasidan mini so'rovnoma olindi. So'rovnoma natijasidan ma'lum bo'lishicha o'tilgan trening mashg'ulotimiz barcha ishtirokchilarga manzur bo'lganligi aniqlandi va ko'tarinki kayfiyatda tadbir nihoyasiga yetkazildi.

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

“TIQXMMI” MTU matbuot xizmat