TIQXMMI yangiliklari

img
18.11.2021

Magistrantlarimiz "Adiblar xiyoboni"dagi Abdulla Oripov haykali qoshida

17-noyabr kuni institutimiz “Magistratura bo‘limi” tomonidan “Adiblar xiyoboni”da xalq shoiri Abdulla Oripov haykali atrofida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda institut Magistratura bo‘limi boshlig‘i Asror Yangiyev, bo‘lim boshlig‘i muovini Sh.Azizov hamda faol 1 va 2 - kurs magistrantlari qatnashishdi. Tadbirni R.Jumaniyozov o‘zining bir-biridan ajoyib she’rlari bilan ochib berdi va A.Oripov ijodiy yo‘li to‘g‘risida gapirib berdi. A.Yangiyev magistrantlarga kelajakda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishda A.Oripov kabi adiblarning falsafiy va ma’naviy yo‘nalishlarini mujassamlashtirish juda muhimligini aytib o‘tdi.

Tadbirda magistrantlardan R.Adhamov A.Oripovning Ona to‘g‘risidagi sherini zavq bilan o‘qib eshittirdi. Tadbir davomida o‘lkamizga yog‘ib turgan qor hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmadi, aksincha tadbirga o‘zgacha bir  surur va ko‘rk qo‘shdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

                TIQXMMI  matbuot xizmati