“Korrupsiyasiz soha” mavzusida tadbir
2023 yil 6 oktyabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.Gapparov, bo‘lim mutaxassisi I.Karimjonov, "Ekologiya va huquq" fakultet dekani B.Norov, “Gumanitar fanlar”, Ekologiya va suv resurslarini boshqarish, O‘qitish nazariyasi va metodikasi kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida “Korrupsiyasiz soha” mavzusida tadbir va korrupsiyaning oldini olish profilaktikasi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi. B.Norov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilariga Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i A.U.Gapparovni tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil etish bilan bog‘liq “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013 sonli Farmoni, 02.02.2017 yilgi PQ-2752-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori, 06.07.2021 yildagi PF-6257-sonli, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib o‘tdi va kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish, Tizimda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish bo’yicha davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu olib borilgan suhbat jarayonida professor-о‘qituvchilar va xodimlar o’zlarini qiziqtirgan savollarini berib faol ishtirok etishib, yetarlicha ma'lumotlarni olishdi. A.U.Gapparov, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga “HEMIS” tizimida olib borilayotgan ishlar hamda bu tizimdagi ma’lumotlarni o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish masalalari, ularning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga bo‘lim ma’sullari yetarlicha ma’lumot berisgdi. "Ekologiya va huquq" fakultet dekani B.Norov tadbir so‘ngida, professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida mana shunday tadbirlar va targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishdagi amaliy yordamlari uchun mexmonlarga fakultet va kafedra rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirdi.
“Kompleans nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassisi I.Karimjonov axboroti