06.10.2023
EVOSdan master klass
Bugun “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti 1- bosqich 102 - guruh talaba qizlari bilan guruh tyutori D. Egamova boshchiligida EVOS brendi ostida mashhur bo‘lgan hozirda yoshlar tomonidan sevib iste’mol qilinayotgan lavashlarni o‘z qo‘limiz bilan tayyorlashni maqsad qildik.
Hech qaysi shef-masternikidan qolishmaydigan lavashlar juda mazali va chiroyli chiqdi. Shu bilan birga tovuq go‘shtidan totli mayonezli salat ham qildik. Hammaga yoqimli ishtaha tilaymiz. Lavashga marhamat.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori D. Egamova axboroti
Universitet matbuot xizmati