Muzey bo’ylab moziyga
“Iqtisodiyot” fakulteti talabalari tyutor Shodieva Gulbahor boshchiligida O‘zbekiston tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi Toshkent shahrida joylashgan va Markaziy Osiyodagi eng qadimgi muzey. Umuman olganda, muzey kolleksiyalarida 250 mingdan ortiq eksponatlar mavjudligi bilan tanishdik. Muzey koʻrgazmasida Oʻrta Osiyoda oʻtmishda yashagan xalqlarning tosh davri va hozirgi Oʻzbekiston hududida ilk davlat tuzilmalari paydo boʻlgan davrdan to hozirgi kungacha boʻlgan tarixiy taraqqiyotini kuzatish imkonini beruvchi ashyolar taqdim etilgan. Muzey eksponatlari orasida eramizdan avvalgi 4-5-asrlarga oid hayvon haykalchalari bilan bezatilgan yirik bronza sak qozoni diqqatga sazovor bo’ldi. Eramizning 1- asriga oid Budda haykali Surxondaryo viloyatida olib borilgan qazishmalarda arxeologlar tomonidan topilgan.
“Iqtisodiyot” fakulteti tyutori G. Shodiyevaning axboroti
Universitet matbuot xizmati