Biz jaholatga qarshimiz!!!
“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti psixologi M.K.Muhammedova, universitet profilaktik inspektori A.R. Ubaydullayev hamda Yer resurslari va kadastr fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini X.Eshovalar hamkorligida Yer resurslari va kadastr fakulteti 3-kurs talaba yoshlari ishtirokida yoshlarni Vatanparvarlik va milliy ruhda tarbiyalash va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish maqsadida “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Universitet profilaktik inspektori A.R. Ubaydullayev o'z nutqida har bir talaba universitetning ichki tartib qoidalarini, xususan, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o'z mas'uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to'g'ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo'lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg'oq mutaxassis bo'lishlari lozimligi haqida so'z yuritib, talabalar bilan suhbat yuritdi. Yig'ilishda Yer resurslari va kadastr fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini X.Eshova talaba-yoshlarga ular ongida ma'naviy immunitetni shakllantirish, saqlash va himoya qilish, yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo'ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo'lgan diniy va ekstremistik ta'sirlardan, "kiber jinoyat", tuban "ommaviy madaniyat" xurujlaridan himoya qilishga ko'maklashishdan lozimligi to'g'risidagi suhbatni davom ettirdi.
Tadbir davomida universitet psixologi M.K.Muhammedova ta'lim muassasasida tahsil olayotgan har bir talaba ongida sog'lom ma'naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirishga doir,universitetning nufuzi hamda obro'-e'tiborini asrab-avaylash, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi avvalambor, odob-ahloq qoidalariga rioya etuvchi talaba-yoshlarni tarbiyalash zarurligi haqida o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashib, talaba yoshlarning negativ va pozitiv jihatlarini aniqlashtirish maqsadida “mening salbiy jihatlarim, mening ijobiy jihatlarim”, “men – kuchliman, men – kuchsizman”, “men yagonaman” mavzuida psixologik treninglar o'tkazildi. Bu tadbirdan barcha talabalar o'zlariga tegishli xulosalar chiqarishdi va tadbir qizg'in tarzda o'z yakuniga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
“TIQXMMI” MTU matbuot xizmat