Salomatlik sirlari
Jismoniy chiniqish aqliy va ruhiy tarbiyaga ham mezon bo’lishiga shubha yo’q. “Gidromelioratsiya” fakulteti 1-kurs talabalari o‘rtasida “Zamonaviy tarbiya va madaniyat - talaba uchun asosiy mezon” shiori ostida sportning futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat kabi turlaridan “Dekan kubogi” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, Pedagogika fanlari doktori, professor Choriyev Ruzimurat Kungratovich, rektor maslahatchisi Anvar Abdusamatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Haydarov Zuhriddin Rabiyevichlar ishtirok etishdi.
Taqdirlash marosimini unversitetimiz Yoshlar masalalariva ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Ruzimurat Choriyev ochib berdi va musobaqa g‘oliblari universitet rahbariyati tomonidan tabriklandi hamda dekan kubogi va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Universitet matbuot xizmati