Ustoz - qadrulabad inson
Tan olib aytish kerakki, ilm-fan sohasi xodimlari uchun munosib sharoit yaratish, ularning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish, moddiy ta’minotini yaxshilash borasidagi ishlar so‘nggi yillarda mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarildi.
Maʼrifat yoʻlida, kelajak avlodni bilimli qilib tarbiyalash maqsadida shijoatli mehnati bilan yurt rivojiga ulkan hissa qoʻshib kelayotgan barcha ustozlarni bayram bilan tabriklash maqsadida universitetimiz madaniyat saroyida 1-oktabr - "Oʻqituvchi va murabbiylar kuni" tantanali tarzda, keng qamrovda nishonlandi. Universitetning Energetika fakulteti dekani A.Isakov boshchiligida, fakultet jamoasi tomonidan tashkil etilgan bayramona tadbir ko‘tarinki ruhda o’tkazildi. Tadbirni universitet rektori Bahodir Mirzayev o‘zlarining bayramona tabrigi bilan ochib berdi va barchani qizg'in qutladi.
So‘ngra el sevgan san’atkorlarning ketma-ket chiqishlari tadbir ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish bilan birga aziz ustozlarimizga haqiqiy bayramona kayfiyat tuhfa eta oldi. Yana bir bor universitetimiz jonkuyar oʻqituvchi va murabbiylariga bayram muborak bo‘lsin.
Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilm-u hikmatga to‘liq.
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz ― otangday ulug‘!
UNIVERSITET MATBUOT XIZMATI