“Talabalar turar joyi”da yaratilgan sharoitlar
“Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-marifiy ishlar” bo‘yicha prorektor, prof. R.Q.Choriyev, dekan B.B.Hasanov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.I.Azimov, Universitet profilaktika katta inspektori A.R.Ubaydullayev, 1-sonli TTJ pedagog-tarbiyachisi Sh.Islamovalar 1-sonli talabalar bilan uchrashuv o’tkazishdi. U yerda yashayotgan talabalar 1-sonli “Talabalar turar joyi” joriy yilda mukammal ta’mirdan chiqqanligi va unda talabalarga yaratilgan sharoitlar ko’ngildagidek bo’lgani rost.
Shunga yarasha talabalarning o‘qishda va talabalar turar joyida yashashda, ozodalikni saqlash, shaxsiy gigiena qoidalatiga, umum foydalanuvchi joylarda, oshxonalarda doimo tozalikni saqlash hamda ichki tartib-qoidalarga amal qilishda boshqa talabalarga o‘rnak bo‘lishilari so’raldi.
Shuningdek, bor imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanishilari hamda elektr energiyani tejab ishlatishi, ichki tartib–qoidalarni buzmasdan TTJga kech soat 22:00 dan keyin kechikib kelmaslik yashash hamda darslarni qoldirmasdan o‘qish kerakligi haqida tushuntirib o‘tildi.
Universitet matbuot xizmati