TIQXMMI yangiliklari

img
28.09.2023

Xon atlas – orzu-havas

Har bir xalq o’zining milliy, moddiy boyligi bilan g’ururlanishi mumkin. lekin ma’naviy qadriyatlari bilan faxrlanadigan xalqning boy o’tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari bo’lishi tabiiy. Demak, xalqning ma’naviy qadriyatlari va milliy qiyofasi ajdod va avlodlar istifoda etgan liboslarida ham namoyon bo’ladi. Xuddi shu ma’noda kuz faslining ko’rkam bayramlaridan biri “Xon atlas” festivalidir. An’anaviy tarzda o’tkazib kelinadigan bu festival milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamlashgan bo’ladi.

Shuning uchun ham milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish va yosh avlodning ularga bo’lgan hurmati va e’tiborini shakllantirish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Ushbu an’anaga ko‘ra, joriy yilning 28-sentabr kuni Milliy tadqiqot universitetimizning muhtasham Madaniyat saroyida “Xon atlas” festivali tashkil etildi. Tashabbuskor sifatida “Yer resurslari va kadastr” fakulteti jamoasi yetakchilik qildi. Zalda atlasu adrasda o’tirgan qizlarimizga qarab insonning ko’ngli tog’dek yuksaladi.

Shuningdek, talabalarnin aksariyati o’zlari mustaqil ravishda fleshmoblar tayyorlab, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishida o‘z hissalarini qo’shdilar. Davra avvalida so’zga chiqqan Universitet prorektori Ro’zimurat Choriyev barcha talabalarga ana shu imkoniyatdan foydalanishlariga izn berdi. Ularning aksariyati mobil telefonlariga tasvirga olib o’z ota-onalariga jo’natib turishdi.

Unda unversitetimiz xotin-qizlar kengashi, azolari va “Yer resurslari va kadastr” fakultetining faol tashabbuskor talaba-qizlari faollari ishtirok etishdi. Libos nafaqat insonning tashqi koʼrinishi bezagi, balki undagi axloq-odob, maʼnaviyat va madaniyatning belgisidir. Momo va buvijonlarimiz kiygan xon atlaslarimiz milliy liboslar oʼzbek xalqining qadimiy va oʼchmas maʼnaviyati va boy qadriyatlari oʼz ifodasini topgan. Xotin-qizlar va yoshlarni qoʼllab-quvvatlab, milliygimizni aks ettiruvch adras, atlas liboslar sanʼatini rivojlantirish, ommabop darajasiga olib chiqish, milliy liboslarning estetik qamrovini kengaytirish va milliylikni tarannum etishga xizmat qilishini eʼtirof etdi.

 Oʼzbek milliy qadriyatlarida kishining batamom insoniylik qiyofasi, xulqi, odobi va tarbiyasi mujassam topgan, - dedi Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor R.Choriyev. Ushbu “XON ATLAS festivalidani oʼtkazishimizdan asosiy maqsad esa talaba-qizlarimizni maʼnaviyatida tarixiy qadriyatlarimizga boʼlgan eʼtiborini oshirish, milliyligimiz yo’qolib ketmaslik, kelajakda ular barkamol inson boʼlib tarbiya topishiga erishishdir. Аlbatta, buning zamirida qizlarimizning kiyinish madaniyatiga boʼlgan munosabati yaxshilanadi, shu bilan birga oʼzbek milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashda davom etadi. Talaba-qizlarni yot gʼoyalar taʼsiridan himoya qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, milliy xon atlaslarimizni doimiy kiyishlari, urf-odatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash hamda talaba-qizlarni milliy liboslar kiyishga targʼib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur festival barchaga manzur bo`ldi.

Ayniqsa, talaba-qizlarimiz tomonidan tayyorlangan bayram dasturi barcha ishtirokchilarni  xursand etdi. Ushbu tadbirni tashkil etgan tashkilotchilarga, xususan, fakultet xotin-qizlar masalalari boʼyicha dekan maslahatchisi Z.Hafizova hamda fakultetlar tyutorlariga oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

 

 YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti

Unversitet  matbuot xizmati