“TIQXMMI” Milliy Tadqiqot Universiteti 1-bosqich magistrantlari ishtirokida “O‘zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va vazifalar to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi
Yig‘ilishda Strategiyaning 2023-yilda nazarda tutilgan suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish, oliy taʼlimni sifat bosqichini taʼminlash, Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy tadqiqotlari va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kabi vazifalarga atroflicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Shu bilan bir qatorda, universitetda taʼlim sifatini yangi bosqichida olib borilayotgan ishlar, magistrantlarning masʼuliyat va vazifalari, o‘quv jarayoni va tadqiqot ishlariga yangicha yondashuv, magistrantlar sifatli taʼlim olish va ilmiy izlanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi borasida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi.
Magistrantlar qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olib “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirishda faol bo‘lishlarini maʼlum qilishdi.
Universitet matbuot xizmati