Yangi O'zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi
Davlatimiz rahbarining 2020 - yil 6 - noyabrdagi “O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni ta'lim sohasidagi keng ko'lamli islohotlarni yangi bosqichga ko'tardi. Ushbu hujjat, ayniqsa, maktab va oliy ta'lim muassasalari hamkorligini rivojlantirish, ular o'rtasidagi integratsiyani yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasiga biriktirilgan Toshkent viloyati Nurafshon shahri xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 13 va 73- sonli umumta’lim maktablari bilan 2023/2024-o‘quv yilida hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ga asoasn maktablarda ta'lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va sifatini oshirish, o'quvchi-yoshlarning o'z iste'dodini to'liq namoyon etishlariga har tomonlama ko'maklashmoqda.
Bu galgi tashrif davomida “Gidravlika va gidroinformatika” kafedrasi professor-o’qituvchilari 13 va 73 - sonli umumta’lim maktablari o’qituvchilarini 1 - oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni” bilan universitetimiz rahbaryati va jamoasi nomidan samimiy muborakbod etdi.
Tashrif davomida maktablardagi bitiruvchi 9 va 11 - sinf o’quvchilari bilan davra suhbati tashkil etdi. O’qituvchi va o’quvchilarga universitetimz tarixi, fakuttetlari, ta’lim yo’nalishlari va “Aniq fanlar”dan, “Dasturlar yordamida testlarni yechish” bo‘yicha fanga kirib kelayotgan o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari vositalari haqida ma’lumotlar berib o’tdilar.
Davra suhbatida faol ishtirok etgan o’quvchilarga esdalik sovg’alari topshirildi.
Universitet matbuot xizmati