TIQXMMI yangiliklari

img
27.09.2023

Punktuallik sirlari

Joriy yilning 26 sentabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti 3-Talabalar turar joyi Iqtisod, Energetika fakulteti 1-2-3-kurs talaba qizlari bilan  universitet psixologi M.K.Muhammedova va 3-Talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi Z.Muhrumboyevalar ishtirokida “Punktullik nima va u nima uchun kerak?”, “Punktuallikni rivojlantirish omillari” mavzularida davra suhbati o'tkazildi. Tadbir talaba qizlarda punktuallik xususiyatini rivojlantirish, berilgan vazifaga mas'uliyat bilan yondoshish, intizomga rioya qilish kabi xusuyatlarni shakllantirish maqsadida tashkillashtirildi. Yig'ilish ishtirokchilariga punktuallik xarakter xususiyatlaridan biri bo'lib, u insonga har doim har qadamda asqotadigan omil ekani to'g'risida fikrlar bayon etildi. Shuningdek, "Punktual" so'zi 17-asrning oxirida paydo bo'lgan va lotincha ildizlarga ega ekani, dastlab, punktual iborasi shifokorlarga nisbatan qo'llangani, protsedura davomida in'ektsiyani aniq qila olgan mutaxassisga nibatan aytilgani va asrlar o'tishi bilan esa bu so'zning ma'nosi umumiy bo'lib, oxir-oqibat u har qanday ishni sinchkovlik bilan bajarishga moyil bo'lgan odamlarni tavsiflashga qo'llangani haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tildi.   Hozirgi vaqtda talabalarimiz uchun punktuallik hususiyati juda ham zarur ekani, punktual inson odatda aytilgan vazifalarni vaqtida bajarishi va belgilangan soatlardan hech qachon kechikmasligini anglatishi haqida foydali va manfaatli fikrlar yuritildi. Tadbir  universitet psixologining: “Punktuallik – oliygohning asosi. Oliygoh – muvaffaqiyatning asosidir”, “Shunday ekan hurmatli yig'ilish ishtirokchilari!!! Hammamiz o'z ish va o'qishimizga punktual yondashishni o'rganaylik!!!”, degan so'zlari bilan o'z yakuniga yetdi. 

 

Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti

TIQXMMI MTU matbuot xizmati