Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikning yangi bosqichi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan soʻnggi yillarda oliy taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – malakali va zamonaviy bilimga ega kadrlar tayyorlashda dunyoning rivojlangan davlatlari bilan xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, shu orqali yurtimizdagi oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy xodimlarining xorijiy universitetlar, ilmiy tadqiqot muassasalarida ilmiy va akademik tajribasini orttirishi uchun imkoniyat yaratish ishlariga katta ahamiyat qaratilmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, “Gidravlika va gidronformatika” kafedrasi professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan 2023 yil 25 sentabr soat 13:30 da Xitoy davlatining Xitoy fanlar akademiyasi huzuridagi Urumchi ekologiya va geografiya instituti (Xinjiang Institute of Ecology and Geography, Chinese Academy of Sciences (XIEG) PhD doktori Xiaohui Pan “Groundwater level response to climate change and human activities: A case study in the Amu Darya Delta” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda kafedra professor-o’qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi. PhD doktori Xiaohui Pan o’zining yer osti suvlari va yerlarning sho’rlanish darajasini manitoringini yuritish bo’yicha ishlab chiqqan modellari bo’yicha ham ma’lumot berib o’tdi. Ishtirokchlar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar qizg’in olib borildi. Kelgusida xalqaro hamkorliklarni yanada mustahkamlash, kafedra magistarantlari ilmiy ishlariga rahbarlik qilish, hamkorlikda ilmiy stajirovkalarni tashkil etish masalalari yuzasidan o’zaro fik almashinildi.
Seminar yakunida PhD doktori Xiaohui Panga kafedra tomonidan universitimiz ramzi tushirilgan esdalik sovg’asi taqdim etildi.
Universitet matbuot xizmati