Talaba-qizlar bilan tadbir
Xotin - qizlarning jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda va mehnat turlaridagi faoliyatini kuchaytirishda, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hamda jamoat ishlarini olib borish bugungi kunda ustuvor vazifalardan biridir. Bugungi o`tkazilgan yig`ilish ham1-kurs talaba-qizlariga aynan talaba - qizlarning huquqlarini muhofaza qilish, maʼnaviy, intellektual va kasbiy tajribasini, huquqiy savodxonligini, madaniyatini oshirib borish bo`yicha o`tkazildi.
Unda “Yer resurslari va kadastr” fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan muovini H.Eshova, “Yer resurslarini boshqarish” kafedrasi katta o`qituvchisi, fakultet xotin-qizlar kengash raisi Z.Xafizova va fakultetni 1 kurs talabalari ishtirok etdi. Tadbirda Mirzo Ulug`bek tuman xotin-qizlar masalalari bo`yicha hokim urinbosari Dushamova Nasiba Shukurovna o`z ma`ruzasi bilan ishtirok etdi.
Bugungi kunda talaba - qizlar oʼrtasida maʼnaviy va maʼrifiy ishlarni amalga oshirish, milliy va madaniy qadriyatlarimiz, dasturlarimiz asosida qizlarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash bo`yicha bir qator tadbirlar, uchrashuvlar, seminarlar, o`tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbirda talaba-qizlarimizga “Odob-axloq kodeksining mazmun-mohiyati” hamda kiyinish madaniyati to`g`risida tushuntirishlar olib borildi.
Shunindek, ushbu tadbirda iqtidorli qizlar to’garagini yo’lga qo’yish, qobiliyatli qizlarni Zulfiya nomidagi va boshqa nomdor davlat mukofotlariga tavsiya qilishda ishtirok etish bo`yicha qator taklif va tavsiyalar berildi. Shu bilan bir qatorda oilada sog`lom turmush tarzini shakllantirish, zararli illatlardan yiroq boʼlish, talaba - qizlarning reproduktiv salomatligini yaxshilash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, talaba-qizlarning madaniyat va sportga boʼlgan qiziqishlarni oshirish bo`yicha ham tizimli ishlar rejalashtirildi.
YRK fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʼyicha dekan muovini H. Eshova axboroti
Universitet matbuot xizmati