Qo'shiq –qalb navosi
Joriy yilning 16-sentabr kuni “D” korpus 101 xonada “TIQXMMI” MTU psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova YeRB, GTQ, GM va Iqtisod fakultetlari 1-2-kurs talabalari bilan vokal san'atidan saboq berish va “Talabalikka bag'ishlov” tadbiriga tayyorgarchilik ko'rish maqsadida tadbir tashkil etdi. Tadbirda talabalarga ijrochilik mahoratidan saboqlar berilib, musiqa jo'rligida kuylash malakalarini shakllantirishga doir mashg'ulotlar o'tildi. Sentyabrning ilk kunlaridanoq boshlangan saboqlar o'z natijasini bermoqda. Jamoaga a'zo bo'lgan talabalar jon-jahdlari bilan ishga kirishib, universitetimiz sha'niga atalgan gimnni maromiga yetkazib kuylash uchun tinmay harakat qilishyapti. Kelajakda jamoa a'zolariga ijodiy parvoz tilab, ular ijrosida yangi kuy va qo'shiqlarni kutib qolamiz.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati