Qat'iyat va mehnat – muvaffaqiyat garovi
Joriy yilning 13 sentabr kuni “TIQXMMI” MTU Iqtisod, GTQ, GM 1-2-kurs talabalari bilan universitet psixologi va Xor jamoasi rahbari M.K.Muhammedova hamda YeRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini X.Eshovalar hamkorlikda davra suhbati tashkil etdilar. Tadbir talabalarda qat'iyat, bir so'zlilik, mehnatsevarlik va tartib qoidalarga amal qilish malakalarini shakllantirish maqsadida “Qat'iyat – taraqqiyot garovi” mavzusida tashkil etildi.
Tadbirda sabr-toqat, qat'iyat, bir so'zlilik va mehnat – omadga erishish omillarining asosi ekani va bu xususiyatlarni rivojlantirish yo'l – yo'riqlari haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. YeRB fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini X.Eshova talabalarga mavzu yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bayon qilib o'tdi. Yig'ilish so'ngida savol javob tarzida trening tashkil etildi.Talabalar o'tilgan mavzudan o'zlari uchun foydali bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lishdi. Tadbir ko'tarinki kayfiyatda nihoyasiga yetdi.
Universitet psixologi M.K. Muhammedova axboroti
TIQXMMI MTU matbuot xizmati